Qizcha onasi tarbiyasiga olib berildi

    Farzand taftini his qilib, uni bagʻriga bosgan onaning endi koʻngli toʻq.

    Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasida «Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar.

    Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan toʻlaqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.

    Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

    Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatdan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga boʻlgan mehr-muhabbat tuygʻularini shakllantirish toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi», deya belgilab qoʻyilgan.

    Byuroning Gurlan tumani boʻlimi ish yurituviga fuqarolik ishlari boʻyicha Shovot tumanlararo sudining 23.03.2024 yildagi voyaga yetmagan 2020-yilda tugʻilgan farzandni javobgar Д.Ш.дан onasi Л.Ш.нинг tarbiyasiga olib berish toʻgʻrisidagi ijro hujjati kelib tushgan.

    Davlat ijrochisi tomonidan mazkur ijro hujjati ijrosini taʼminlash maqsadida olib borilgan ijro harakatlari natijasida farzand onasi tarbiyasiga olib berildi.

    Farzand taftini his qilib, uni bagʻriga bosgan onaning endi koʻngli toʻq.