Bu haqda AQSh Markaziy qo'mondonligi (CENTCOM) X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, ekipaj a'zolari yengil tan jarohatlari olishdi.
Ekipaj a'zolarining yengil jarohat olgani va kemaga zarar yetganiga qaramay, kema harakatlanishda davom etmoqda. Bu oxirgi marta Malayziya bandargohiga yetib borgan Transworld Navigatorga qilingan to'rtinchi hujumdir.
2023-yilning 7-oktabr kuni G'azo sektorida Falastin-Isroil mojarosi avj olganidan so'ng, Yamanning isyonchi “Ansor Allah” (husiylar) harakati vakillari anklavdagi operatsiya to'xtamaguncha Isroilga zarba berishlarini va unga aloqador kemalarning Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo'g'ozidan o'tishiga yo'l qo'ymasliklarini e'lon qilishgandi, deb xabar beradi report.az.