Qayd etilishicha, Qorovulbozor tumani hududida olib borilgan reyd davomida Jondor tumanida yashovchi 4 nafar fuqaro elektr qarmoq yordamida Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilganra 20 dona Turkiston moʻylovdori hamda 25 dona zogʻo baligʻini ovlagani aniqlandi. Ular baliqlarni olib ketayotganida tezkor guruh xodimlari tomonidan toʻxtatildi.
Ushbu huquqbuzarlik natijasida tabiatga 1 mlrd 603 mln 125 ming soʻm zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora koʻrish maqsadida prokuratura organlariga taqdim etildi
Maʼlumot uchun, Qizil kitobga kiritilgan 20 dona Turkiston moʻylovdorining har biri uchun 26 million 250 ming soʻm, jami 525 million soʻm zarar hisoblangan. 25 dona zogʻora baliqning har bir donasi uchun 375 ming soʻm, jami 9 million 375 ming soʻm zarar hisoblangan. Baliqlar taqiqlangan elektr qarmoq yordamida ovlanganligi uchun zararlar 3 baravarga koʻpaytirilgan.