Qizil kitobga kiritilgan cho'l bo'ktargisi(stepnoy lun`) qushini sotmoqchi bo'lgan fuqaro qo'lga tushdi

    Qizil Kitobiga kiritilgan CHo'l bo'ktargisi (Stepnoy lun`) qushini internetdagi bepul e'lonlar sayti orqali sotishini bildirib xabar qoldirgani aniqlandi.

    Qizil kitobga kiritilgan cho'l bo'ktargisi(stepnoy lun`) qushini sotmoqchi bo'lgan fuqaro qo'lga tushdi.

    Joriy yilning 12 iyul` kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqaro R.L tomonidan O'zbekiston Respublikasining Qizil Kitobiga kiritilgan CHo'l bo'ktargisi (Stepnoy lun`) qushini internetdagi bepul e'lonlar sayti orqali sotishini bildirib xabar qoldirgani aniqlandi.
    YUqoridagi holat yuzasidan zudlik bilan viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Bioxilmaxillik bo'limi mutaxassislari hamda ekologiya va atrof - muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo'yicha Buxoro tuman inspektsiyasi inspektorlari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilib, vaziyat o'rganildi. Surishtiruvlar natijasida qush Buxoro shaxri "YAshnabod" MFYda yashovchi fuqaro R.L ning o'z xonadonida parvarish qilinayotgani ma'lum bo'ldi.

    Qushni tabiatga qo'yib yuborish uchun Buxoro ixtisoslashtirilgan“Jayron” pitomnigiga topshirildi.

    Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 92-moddasi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

    Buxoro viloyat ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati