Qonun loyihasi bilan “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Yaʼni, kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvon va oʻsimliklar turlaridan foydalanishni taqiqlovchi va cheklovchi talablarni belgilash nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan turlarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va ularning yashash-oʻsish muhitini asrash, alohida muhofazaga olish hamda kelajak avlodga bus-butunligicha qoldirish imkoniyatini beradi.
Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan bir qator savollar oʻrtaga tashlandi, taklif va fikr-mulohazalar bildirildi. Qizgʻin muhokamalardan soʻng qonun loyihasi qabul qilindi.