«Qizil Ravot» nimstansiyasi eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi

    Energetika 19 May 2021 2138

    To‘raqo‘rg‘on IESdan 80 km uzoqlikda joylashgan «Qizil Ravot» podstansiyasida eng zamonaviy uskunalar, shu jumladan transformatorlar o‘rnatiladi.

    Ushbu rekonstruksiya ishlari «To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasini qurish» loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

    Namangan viloyatining Uychi va Uchqo‘rg‘on tumanlari tutashgan hududda joylashgan podstansiyasiya 1987-yilda qurilgan. U elektr energiyasini 220 kV dan 110 kV ga o‘zgartiradi va u hozirgi paytda ma'nan va jismonan eskirgan.

    Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, podstansiyasiyaning uskuna va jihozlari ma’nan va jismonan eskirib ulgurgan bo‘lib, nimstansiya hududida joylashgan transformatorlar va boshqa elektr qurilmalarini zamonaviy transformatorlar va uskunalarga yangilashni taqoza qildi. Ushbu ishlarini amalga oshirish esa katta mablag‘ni talab qilgan.

    Shu munosabat bilan soha mutaxassislari va xalqaro ekspertlar tomonidan podstansiyani rekonstruksiya qilish va uni yangi zamonaviy qurilmalar bilan jihozlash eng samarali va maqbul yo‘l deb topildi.

    Bugungi kunga qadar podstansiya birlamchi uskunalar va qurilmalar bilan to‘liq jihozlangan.

    Xususan, loyihaga ko‘ra, eskirgan ikkita transformator o‘rniga zamonaviy talablarga javob beradigan va avtomatik rejimda ishlaydigan yangi transformatorlarni o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Ayni paytda transformatorlarni o‘rnatish ishlari yakunlanib, mutaxassislar tomonidan sozlash ishlari olib borilmoqda.

    Podstansiyasiyaning 5 ta yacheykasida yangi birlamchi uskuna va jihozlar o‘rnatilgan bo‘lib, qolgan 3 ta yacheykada bu ishlar AT-2 kuch avtotransformatorini almashtirish bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Uskunalar, quvvat o‘tkazish va nazorat qilish kabellari montaj qilingan bo‘lib, ularni foydalanishga topshirish uchun sozlash ishlari olib borilmoqda.

    «Qizil Ravot» podstansiyasiyasidagi barcha qurilish-montaj va sozlash ishlari to‘liq bajarilgandan so‘ng, zamonaviy uskuna va jihozlar asosida yangilanayotgan nimstansiya joriy yilda foydalanishga topshiriladi va bu bilan iste’molchilarga uzluksiz va sifatli elektr energiyasini yetkazib berish imkoniyati yaratiladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ ma’lumotiga tayanib.