Qizilmiyani oz miqdorda ham iste'mol qilish qon bosimini oshirishi mumkin

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JST) tavsiyasiga ko‘ra, oz miqdorda qizilmiya iste’mol qilish sog‘lom yoshlarda qon bosimi darajasini oshirishi mumkin. Buni Shvetsiyaning Linkoping universiteti mutaxassislari The American Journal of Clinical Nutrition jurnalida taqdim etgan tadqiqot natijalari tasdiqlamoqda.

    Ta'kidlanishicha, qizilmiya tarkibida mavjud bo'lgan glycyrrhizic kislotasi qon bosimining oshishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun JSST tavsiyalariga ko'ra, uni ishlatish 100 milligramm yoki undan kam bo'lishi kerak. Shvetsiyalik olimlar ushbu doza sog'liq uchun xavf tug'dirishi yoki yo'qligini sinab ko'rishga qaror qildi.

    Tadqiqot tanlab olingan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar orasida o‘tkazilgan. Ular ikki guruhga bo‘lingan. Shunday qilib, birinchi guruhi ikki hafta davomida har kuni 100 milligramm glitsirrizin kislotasi bo'lgan 3,3 gramm shirin qizilmiya konfetini iste'mol qilgan, ikkinchi nazorat guruhiga esa bu kislotasiz vegan tuzli qizilmiya konfetlari berilgan. Tajribadan ikki hafta o'tgach, guruhlar o'rni almashtirilgan.

    Tadqiqotdan oldin va tadqiqotda jarayonida guruh a'zolarinig qon bosimi o'lchangan. Tadqiqotga ko‘ra 100 milligramm glycyrrhizic kislotasi bo'lgan qizilmiyani iste'mol qilgan yosh va sog'lom odamlarda qon bosimini oshishi kuzatilgan. Olimlarning fikriga ko'ra, o'rtacha o'sish 3,1 millimetr simob ustunini tashkil etdi.

    Ma'lumotlarga ko‘ra ilgari oz miqdorda iste'mol qilingan qizilmiya uchun bunday holat kuzatilmagan.