Murabbiy klubga oʻyinchilarni qabul qilishning rasmiy tartibini (maxsus sinovlar, komissiya qarori va rahbariyat buyrugʻi) yaxshi bilgani holda, oʻz xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilgan.
U Nurota tumanida yashovchi, 2008-yilda tugʻilgan oʻsmirni jamoaning asosiy tarkibiga qabul qilish evaziga 20 million soʻm talab qilgan.
U soʻralgan mablagʻni olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, bugungi kunda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan futbolda halollik va shaffoflikni taʼminlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Mutaxassislar taʼkidlashicha, bunday holatlar yosh avlodning futbolga boʻlgan ishonchiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Shu bois barcha jamoalar, futbolchilar va mutaxassislar adolatli va yuqori professional standartlarga qatʼiy rioya etishi shart.
Assotsiatsiya tizimni korrupsiyadan holi etish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrilishini maʼlum qildi.