Qiziltepada iste'molchiga kreditga olgan nasilli sigiri almashtirib berildi

    Ijtimoiy hayot 7 Iyul 2020 6717

    O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoniga Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani “Azizabot” MFY, Barishom qishlog'i 272-uyda istiqomat qiluvchi Ochilov Bobur Bahodirovich tomonidan murojaat yo'llandi. 

    Unda aytilishicha, 2020 yil may oyida Qiziltepa tumani “YAngi asr” fermer xo'jaligidan tadbirkorlik qilish maqsadida bank krediti asosida 25 000 000 so'mga nasilli sigir harid qiladi.

    Kelishuvga ko'ra “sog'in sigir” kuniga 7-8 litrdan ortiq sut berishi lozim edi. Ammo natija unday bo'lmaydi. Tadbirkor B. Ochilov nasilli sigirni almashtirish maqsadida “YAngi asr” fermer xo'jaligiga borib murojaat qilganida sigirni boshqasiga almashtirib berishmaydi.

    Iste'molchi murojaatiga asosan Qiziltepa tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari o'rganish ishlari olib borishdi hamda Qiziltepa “YAngi asr” fermer xo'jaligi tomonidan iste'molchi B.Ochilovga kuniga 30 litr sut beradigan nasilli sigirga almashtirib berildi.

    O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini
    himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
    Matbuot xizmati