Qiziltepada kasb-hunarga oʻqitish maskani tashkil etildi.

    Ta'lim 24 Sentabr 2020 8748

    Bugun esa Qiziltepa tumanidagi Vangʻozi mahallasida tikuvchilik, mebel va yogʻochga ishlov berish, qurilish va pardozlash ishlari kabi kasb-hunarga hamda rus tilini oʻrgatish boʻyicha oʻqitish markazi ish boshladi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 11-avgustidagi “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʻqitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida joylarda aholini kasb-hunarga oʻqitish maskanlari tashkil etish belgilangan edi.

    Bugun esa Qiziltepa tumanidagi Vangʻozi mahallasida tikuvchilik, mebel va yogʻochga ishlov berish, qurilish va pardozlash ishlari kabi kasb-hunarga hamda rus tilini oʻrgatish boʻyicha oʻqitish markazi ish boshladi.

    Tumandagi 57 nafar yigit – qiz oʻqitish maskanlarida kasb – hunar sirlarini oʻrganishni boshlashdi.

    Ayni vaqtda bu maskanda 12 ta tikuv mashinalari, mebel va yogʻochga ishlov berishda 100 ga yaqin turli dastgoh va asbob-uskunalar mavjud.