Sud ishida Pardaev Rustam Ubodullaevich O'zbekiston Respublikasi JKning 205-moddasi 2-qismi “a” bandi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Pardaev Rustam Ubodullaevichga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 59-moddasiga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo'shish yo'li bilan uzil-kesil 2 (ikki) yil 6 (olti) oy muddatga davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 8 (sakkiz) yil 6 (olti) muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazo umumiy tartibli koloniyalarda o'tattirilishi, jazoni o'tash muddati 2023 yil 5 iyul` kunidan boshlab hisoblanishi belgilandi.

Ma'lumot uchun,Pardaev Rustam Ubodullaevich O'zbekiston Respublikasi JKning 205-moddasi 2-qismi “a” bandi, 205-moddasi 2-qismi “a” bandi, 209-moddasi 2qismi “a” bandi, 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 28,209-moddasi 2-qismi “a” bandi, 228-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 205-moddasi 2-qismi “a” bandi, 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblangan edi.

Pardaev Rustam Ubodullaevich – 1979 yil 7 aprel` kuni Qiziriq tumanida tug'ilgan. , 2020 yil noyabr` oyidan 2022 yil yanvar` oyiga qadar Denov tumani hokimi lavozimida, 2022 yilning 1 fevral` kunidan 2023 yilning yanvar` oyida qadar Qiziriq tumani hokimi lavozimida, sudgacha “O'zagrosug'urta” AJ Surxondaryo viloyat filiali boshlig'i lavozimida ishlagan.