баннер
1 Fev 2025
02:58

    Qiziriq tumaniga yangi hokim tayinlandi

    Qiziriq tumani Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Allamurotov Sherxon Yoʻlliyevich Qiziriq tumani hokimi etib tayinlandi.

    Qayd etilishicha, shu vaqtga qadar tuman hokimi vazifasida ishlab kelgan Anvar Oripov oʻz arizasiga binoan lavozimidan ozod etilgan. Qiziriq tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Allamurotov Sherxon Yoʻlliyevich nomzodini Qiziriq tumani hokimi etib tayinlash taklifini bildirildi. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.

    Sherxon Allamurotov 1986-yilda Jarqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 2011-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – huquqshunos. Podpolkovnik harbiy unvoniga ega.

    Faoliyati davomida Ichki ishlar organlarida turli vazifalarda, xususan, viloyat Ichki ishlar boshqarmasida boʻlim boshligʻi, Jarqoʻrgʻon tumani IIB boshligʻi lavozimlarida mehnat qilgan. Tayinlovga qadar Sh.Allamurotov 2023-yildan buyon Qiziriq tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech