"Qizlar odobi targ'ibotchisi" tanlovining Buxoro viloyat bosqichi bo'lib o'tdi

    4-may kuni Buxoro shahrining “Nodirdevonbegi” madrasasida “Qizlar odobi targʻibotchisi” tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 44-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan “Mahallalarda milliy qadriyatlarni mustahkamlash haftaligi”ni oʻtkazish Dasturi doirasida, qizlarni odob-axloq qoidalari ruhida tarbiyalash, ularning qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish, hunar oʻrgatish kabi ezgu ishlarga munosib hissa qoʻshib kelayotgan fidoiy, faol xotin-qizlarning ijobiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida 4-may kuni Buxoro shahrining “Nodirdevonbegi” madrasasida “Qizlar odobi targʻibotchisi” tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

    Mazkur koʻrik-tanlov karantin talablariga muvofiq barcha ehtiyot choralari koʻrilgan holda tashkil qilindi.

    Koʻrik-tanlovda har bir hududdan bir nafardan ishtirokchi 2-shart asosida bellashdilar.

    Koʻrik-tanlov shartlariga koʻra natijalariga Kogon shaharidan ishtirok etgan Qobilova Zarina faxrli 1-oʻrinni, Qorakoʻl tumanidan ishtirok etgan Xolboyeva Gulzira 2-oʻrinni, 3-oʻrinni esa Gʻijduvon tumanidan ishtirok etgan Maʼmurova Shaxlolar egallashdi.

    Tanlov gʻoliblari tadbir tashkilotchilari tomonidan diplom, faxriy yorliq hamda “Mahalla” fondi viloyat boʻlimi boshqaruvi tomonidan ajratilgan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.