Uchrashuvda madaniy meros ob'ektlariga e'tiborni yanada kuchaytirish, ularni himoya qilish va saqlash, bir necha asrlik milliy madaniyatimizning ajoyib durdonalarini asrab avaylash bo'yicha fikr almashildi. Shuningdek, ularni UNESCO ro'yxatiga kiritish, ilm-fan, madaniyat yo'nalishida hamkorlikni yo'lga qo'yishni kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuvda Qoraqalpoq milliy cholg'u asbobi – Qo'bizni UNESCO ro'yxatiga kiritish ishlarini jadallashtirish bo'yicha kelishib olindi.