Qochoqlar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar huquqlarini himoya qilish mavzusi muhokama etildi

    Milliy markaz direktori Akmal Saidov AQSH Davlat departamentining Qochoqlar ishlari boʻyicha mintaqaviy muvofiqlashtiruvchisi Rene Larivere va BMT Qochoqlar ishlari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha direktori oʻrinbosari Dumitru Lipkan bilan uchrashdi.

    2022-yil 27-iyun kuni Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov AQSH Davlat departamentining Qochoqlar ishlari boʻyicha mintaqaviy muvofiqlashtiruvchisi Rene Larivere va BMT Qochoqlar ishlari boʻyicha oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha direktori oʻrinbosari Dumitru Lipkan bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda qochoqlar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.

    Muloqot asnosida R. Larivere Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga yuksak baho berdi. Xususan, fuqarosizlikni kamaytirish borasidagi amaliy ishlarni eʼtirof etdi.

    AQSH Davlat departamenti vakili Oʻzbekistonning qurolli nizolar hududlaridan oʻz fuqarolarini vatanga qaytarish boʻyicha tajribasini ijobiy baholadi.

    Inson huquqlari boʻyicha
    Milliy markaz
    matbuot xizmati