Ko'pchiligimiz ishga borayotganda yoki shunchaki sayr qilganda bir martalik idishlarda issiq yoki yaxna ichimliklar sotib olamiz. Bunday idishlar o'z tarkibida palladiy, xrom, kadmiy kabi zaharli og'ir metall ionlari hamda ba'zi xavfli organik birikmalarni saqlaydi.

O'lim va patogen kasalliklarga olib keladigan toksik qo'shimchalarni o'z ichiga oladigan qog'oz stakanning ichki qoplamasi 15 daqiqa davomida suvga 25 ming mikroplastik zarrachasini chiqaradi. Mikroplastmassalar (kattaroq plastmassa bo'laklari parchalanganda hosil bo'ladi) oziq-ovqat orqali odamlar va hayvonlarning tanasiga kiradi. 

Har safar choy, qahva yoki issiq shokolad ichganingizda stakanlardan inson tanasiga juda ko'p mikrozarrachalar kiradi. Ular tanada asta-sekin to'planib, toksik va kanserogen ta'sir ko'rsatadi, shuningdek, xavfli onkologik kasalliklarning paydo bo'lishiga olib keladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, odam yiliga o'rtacha 74 000 dan 121 000 gacha mikroplastik zarrachalarni iste'mol qiladi, ichadi va nafas oladi.

Internet manbalari asosida tayyorlandi