Unda Oʻzbekiston va Misr tadbirkorlari oʻrtasida hamkorlik aloqalari koʻlamlarini kengaytirish hamda mamlakatimizda sut mahsulotlariga boʻlgan talabni qondirish maqsadida yangi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.
“Dina Farms” ijrochi direktori oʻzbek tomonini kompaniya faoliyati bilan tanishtirar ekan, mamlakatimiz tadbirkorlarini joriy yil 5-7-dekabr kunlari Qohira shahrida oʻtkaziladigan “Food Africa 2022” xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etishga taklif qildi. Uning aytishicha, xalqaro koʻrgazmada qatnashuv muzokaralar oʻtkazish uchun ham qulay imkoniyat yaratadi.
Maʼlumot tariqasida qayd etish joizki, “Dina Farms” kompaniyasi 1988-yilda tashkil etilgan boʻlib, hozirgi paytda korxona tomonidan 40 turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqariladi va ichki bozorga yetkazib beriladi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar faqat tabiiy sutdan tayyorlanadi.