Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha ushbu holat "Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruv raisi, Transport nazorati inspeksiyasi boshligʻi va masʼul xodimlar ishtirokida tanqidiy muhokama qilindi.
Yoʻlovchilar hayotini xavf ostiga qoʻygan, oʻz xizmat vazifasini suisteʼmol qilib, qoʻpol qoidabuzarlikni amalga oshirgani uchun ushbu avtobus haydovchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, qoʻpol qoidabuzarlik sodir etgani uchun mehnat shartnomasi bekor qilingan haydovchilarning elektron bazasi, yaʼni, "Qora roʻyxat"i joriy etilgan boʻlib, unga koʻra ushbu haydovchilar avtobus saroyi filiallariga qayta ishga olinmasliklari qatʼiy belgilangan.
Hozirda ushbu roʻyxatga kiritilgan haydovchilar soni 197 nafarni tashkil etadi. 18-sonli avtobus haydovchisi ham sodir etgan qoidabuzarligi uchun ushbu roʻyxatga kiritildi.
Ushbu holatdan barchangiz xulosa chiqarishingizni va yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishingizni soʻraymiz, — deyiladi xabarda.