Xabar qilinganidek, A. Jumaevga (2003 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan, muqaddam ma'muriy javobgarlikka tortilgan) nisbatan jinoyat ishlari bo'yicha Mirzo Ulug'bek tuman sudining 2026 yil 16 yanvardagi qarori ustidan Mirzo Ulug'bek tumani prokuraturasi tomonidan kassatsiya tartibida protest kiritildi.
Bugun Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atida A. Jumaevga oid ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish kassatsiya tartibida ko'rib chiqilib, birinchi instantsiya sudining jarima solish haqidagi qarori bekor qilindi.
Toshkent shahar sudining qaroriga muvofiq A. Jumaevga MJtKning 195-2-moddasi (huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining foto- va (yoki) videotasvirini ularning obro'sizlantirilishiga olib keladigan tarzda buzib tarqatish) bilan 10 sutka muddatga ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.