Xususan, joriy yil 13 — 20-sentyabr kunlari Toshkent shahrida Belarus Respublikasi PTK Batikan sport klubi vakillari ishtirokida Filippin amaliy jangovar tizimining “Pekiti Tirsiya Kali” turini oʻrganish boʻyicha sport tadbirlari boʻlib oʻtdi.
Tadbir doirasida oʻquv-seminar tashkil etilib, ushbu jangovar tizimning asosiy metodlari hamda mazkur yoʻnalishdagi oʻquvlarning ilgʻor usullarini oʻrganish va qoʻllash boʻyicha mahorat darsi oʻtkazildi.
Oʻquv-seminar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni, general-mayor R.Djurayev “PTK Vatikan” sport klubi vakillari bilan uchrashdi va “Pekiti Tirsiya Kali” Jahon tashkiloti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi matbuot xizmati.