Qoʻlansa goʻsht ushlab qolindi

    Ijtimoiy hayot 11 Iyul 2020 2068

    Qoʻlansa hid taratayotgan, rangida oʻzgarishlar kuzatilgan mazkur mahsulot Jizzax shahridagi muzxonalardan biriga joylashtirildi.

    Jizzax viloyati IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Gʻallaorol tumanidagi “Sangzor-15” yoʻl patrul xizmati maskanida Toshkent yoʻnalishida harakatlanayotgan “KIA BONGO” rusumli avtoulov toʻxtatib, tekshirilganida avtomashina yukxonasida 2 tonna 640 kilogramm goʻsht hech qanday hujjatlarsiz olib ketilayotgani aniqlandi.

    Surishtiruv davomida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Chuvilloq qishlogʻida yashovchi, 1986-yilda tugʻilgan “KIA BONGO” haydovchisi A.A. goʻshtni Toshkent shahridagi “Chorsu” bozorida sotish uchun olib ketayotganligini bildirgan.

    Qoʻlansa hid taratayotgan, rangida oʻzgarishlar kuzatilgan mazkur mahsulot Jizzax shahridagi muzxonalardan biriga joylashtirildi.

    Kasallik uygʻotuvchi omillar bor-yoʻqligini aniqlash maqsadida goʻsht namunalari Jizzax viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazi laboratoriyasiga topshirilgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.