Qoʻlbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari fosh etildi

    Xavfsizlik 18 Oktabr 2022 1343

    Ushbu aroq mahsulotlari davlat standarti talablariga javob bermasligi, isteʼmolga yaroqsizligi hamda isteʼmolchilar hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli ekani maʼlum boʻldi.

    Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati xabar berishicha, fuqaro R.Sh qoʻlbola usulda tayyorlangan 0,45 litrlik hajmli 240 shisha “Qarataw” yozuvli jami 108 litr aroq mahsulotlarini qonunga xilof ravishda 3 600 000 soʻmga sotayotgan vaqtida toʻxtatib qolindi.

    Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida tayinlangan ekspertiza xulosalariga koʻra, alkagol maxsulotlari qopqogʻiga yopishtirilgan aksiz markalari “DAVLAT BELGISI” ostida chop etilmaganligi, aksincha kompyuterning rangli printerida tayyorlanib, qalbakilashtirilganligi aniqlandi.

    Shuningdek, ushbu aroq mahsulotlari davlat standarti talablariga javob bermasligi va isteʼmolga yaroqsizligi hamda isteʼmolchilar hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli ekanligi maʼlum boʻldi.

    Mazkur holat yuzasidan fuqaro R.Shga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.