Jumladan, 2021-yil 20-may kuni Qamashi tumani, Navoiy MFYda yashovchi E.Oʻ. uyining qoʻshimcha binosida moy juvoz uskunasini oʻrnatib, yogʻ ishlab chiqarib kelayotganligi aniqlandi.

Gumondorning uyidan yogʻ ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalar va 400 kg chigit, 500 litr moy juvoz yogʻi, 200 kg kunjara, 100 litr zigʻir yogʻi, 150 dona 5 litr hajmli yelim idish va qopqoqlari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar Qamashi tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deya xabar bermoqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati.