Abu Rayhon Beruniy 973-yilning 4-sentyabrida (baʼzi manbalarga koʻra 4-oktyabrda) Xorazmning qadimiy poytaxti — Katda (hozirda Qoraqalpogʻistonning Beruniy shahri) tugʻilgan va matematika hamda astronomiyaning rivojlanishiga ulkan hissa qoʻshgan.
Beruniy aniq, tabiiy va gumanitar fanlarning deyarli barcha sohalariga tegishli boʻlgan 160 dan ortiq asar yaratib, buyuk ilmiy meros qoldirgan. Uning ishlari koʻplab tillarga tarjima qilingan va hozirda ham foydalanib kelinmoqda.
Oʻz davrining deyarli barcha fanlarini mukammal oʻrgangani sabab uni qomusiy alloma deb atashadi.
Oʻzbekistonda 2023-yilda buyuk alloma tavalludining 1050-yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash boʻyicha qaror qabul qilingan.
Ushbu infografikalar orqali yirik olim va faylasuf haqidagi ayrim qiziqarli maʼlumotlarni bilib olishingiz mumkin.