Aksariyatimiz ovqatlarga qoʻshib, suyib isteʼmol qiladiganimiz — pomidorning eng ahamiyatli jihati haqida bilasizmi? Pomidorning sharbati qon bosimini pasaytirishga yordam berar ekan.

Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, pomidor sharbati (kuniga 200 ml) nafaqat qon bosimini, balki yomon xolesterin miqdorini ham pasaytiradi.

Ammo doʻkonlardagi tayyor sharbatlar bundan mustasno, sababi ularda tuz miqdori koʻp. Sharbatni oʻzingiz tayyorlaganingiz yaxshiroq: 200 ml sharbat uchun 300 g pomidor kerak.

Siz, albatta, pomidorni oʻzini yeyishingiz ham mumkin, ammo uning samarasi pastroq boʻladi, chunki ulardagi foydali moddalar pomidor suviga qaraganda yomonroq soʻriladi. Pomidor sharbati koʻkatlar bilan birga isteʼmol qilinsa, yana-da foydaliroq boʻladi.