Qon bosimi tushishi uchun nima qilish kerak?

    Arterial qon bosimi ruhiy tushkunlik yoki kam harakatli hayot tarzi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Qon bosimini qanday tushirish mumkinligi haqida tibbiyot fanlari doktori Roman Gorenkov gapirib berdi.

    Kompyuter va televizor qarshisida uzoq muddat o'tirishga odatlanish, ruhiy tushkunlik arterial qon bosimi oshishiga sabab bo'lishi mumkin, deya qayd etdi Gorenkov.

    Qon bosimi ko'tarilganda shifokorga murojaat qilish lozim. Shifokor kerakli davo choralarini ko'radi. Uning fikricha, shunday bo'lsa-da dori ichmasdan ham ahvolni o'nglash mumkin.

    Xususan, u kam kaloriyali mahsulotlar iste'mol qilish lozimligini ta'kidladi. Ortiqcha besh kilogrammdan xalos bo'lish arterial qon bosimining o'n millimetr simob ustunigacha tushishiga turtki beradi.

    “Zo'riqishsiz jismoniy harakat qon bosimining tushishiga yordam beradi. O'rta yoshli odamlar o'rtacha bir kunda kamida o'n ming, ya'ni sakkiz yarim kilometr qadam bosishi kerak”, deya qayd etdi mutaxassis, deyiladi ria.ru saytida.