Qon guruhi immunitetga taʼsir qiladimi?

    Immunitet – organizmni bakteriya va viruslar, zamburugʻlardan himoyalaydi va ularga qarshilik koʻrsatadi.

    Olimlar ikkinchi qon guruhiga ega boʻlgan insonlar oʻtkir respiratorli infeksiyalarga koʻproq moyilligini isbotladilar.

    Klinik tadqiqotlar davomida A (II) qon guruhiga ega boʻlgan donorlarning deyarli 40% da virusli infeksiya holatida interferon ishlab chiqarish qobiliyati sezilarli darajada pasayganligi aniqlandi. Interferon – bu tanamiz virusni ishgʻol qilishga javoban ishlab chiqaradigan oqsil.

    Ammo interferon jihatdan I, III va IV qon guruhi egalari bir-biridan farq qiladi: bu maʼnoda eng kuchlisi IV guruhga ega boʻlganlar oqsilni 92% yaxshi ishlab chiqargan (I va III guruhlarga ega boʻlgan donorlar orasida – mos ravishda 80 va 91 %).