Ammo kimyoviy tarkibga ega bunday malhamlar bir tomondan dardimizni engillatsa, boshqa tarafdan tanamizning sog'lom a'zosiga ziyon etkazishi tabiiy.
Bu holat tayvanlik olimlarning yangi tadqiqoti uchun asos bo'ldi. Ular farmatsevtik mahsulotlarning nojo'ya ta'sirlarini bartaraf etish maqsadida izlanishlar olib bordi. YAkunda dori vositalarini organizmning zarur nuqtalariga etkazib bera oladigan mitti robot yaratildi.
Innovatsion qurilmaning uzunligi bir santimetrdan ham kichikroq. U nojo'ya ta'sirga ega dori vositalarini to'g'ridan-to'g'ri kasallik o'chog'iga etkazishga moslashtirilgan.
Yаngi ixtiro magnit nanozarrachalaridan iborat. U qon tomirlari orqali harakatlanib, shaklini o'zgartirishi, qolaversa, zarur pallada bo'linib, yana bir butunga birlashishi mumkin. Olimlar xulosasiga ko'ra, mitti robotning xossalari davolash va tibbiy diagnostikada qo'l keladi. Xususan, dori-darmonlarni organizmga maqsadli etkazib berishda katta natija beradi.