Qonda antitanachalar titri yuqori boʻlsa ham koronavirusga qarshi emlanish kerak

    Salomatlik 6 Aprel 2021 4074

    Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi shtab aʼzosi Sevara Ubaydullayeva maʼlum qildi.

    Dunyo olimlari hamda vaksinani ishlab chiqaruvchi immunobiologlar koronavirusga qarshi antitanachalarni qaysi koʻrsatkichida vaksina bilan emlanish mumkinligi haqida oʻz fikr va munosabatlariga koʻra:

    agarda kimdir kasallik oʻtkazgan boʻlsa va qonida antitanachalar mavjud boʻlsa, emlash hech qanday ziyon keltirilmaydi. Aynan emlash immunitet himoyani kuchaytirishiga hissa qoʻshishini bildirmoqdalar. Yaʼni, emlanish roʻyxatiga kiritilgan xavf guruhiga kiruvchi fuqarolar agarda kasallikni oʻtkazgan boʻlsalar, bugungi kunda emlanishlari shu organizmda paydo boʻlgan immun tanachalar titrini koʻpaytirish imkonini beradi.

    Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtmoqchimizki, inson organizmida past koʻrsatkichlarda boʻlsada immunitet antitanachalari titri boʻlsa, u odamlar himoyalangan boʻladilar, lekin agarda qon tahlilida antitanachalar titri tushib ketsa, bu odamda himoya yoʻq degani va u odam imkon qadar tezroq emlanishi kerak, chunki u ayni shu damda koronavirusdan himoyalanmagan boʻladi.

    Emlangan odamlar eng yuqori koʻrsatkichlarda immunitet hosil qilishi uchun nima qilishi kerak?

    Emlangan odamlar yuqori koʻrsatkichlarda immunitet hosil qilishi uchun:

    Vaksinani belgilangan tartibda toʻliq olishi kerak (2 yoki 3-marta emlanishi kerak;

    Emlanish jarayonida har bir fuqarolarimizni oʻz salomatliklarini ehtiyot qilishlari talab etiladi, yaʼni boshqa yuqumli kasalliklar, yoki surunkali kasalliklarini xurujini keltirib chiqarmasliklari kerak. Bu holatlar organizmni zoʻriqtiradi va immunitet hosil qilishiga taʼsir qilishi mumkin;

    Immunitetni mustahkamlash kerak, bunga qanday erishiladi, albatta sogʻlom turmush tarzini yuritish, yengil jismoniy faollik, sogʻlom ovqatlanish unda meva va sabzavotlar ulushini koʻpaytirish, oqsilga boy mahsulotlarni isteʼmol qilish;

    karantin qoidalariga toʻliq rioya qilish, yaʼni uyda ham uydan tashqarida ham ijtimoiy masofani saqlash, atroflarida odamlar yoki bolalar koʻpaysa albatta niqoblarni taqish, doimiy ravishda qoʻllarni yuvish, tomoq va burunlarni chayib turish talab etiladi.

    Kimlarda emlangandan soʻng immunitet doimiy himoya qiladi?

    Bugungi kunda emlanganlarda hosil boʻladigan doimiy himoya immunitetini qanchalik davomiyligida boʻlishi toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlar yoʻq, sababi hali dunyo boʻyicha emlash jarayoni oʻtkazilayotganiga koʻp vaqt ham boʻlmadi. Buni vaqt koʻrsatadi.

    Lekin shu oʻrinda etishimiz kerakki, agarda emlanayotgan inson shu emlash jarayoniga taʼlluqli barcha talablarni bajarsa, uning organizmida (2 yoki 3-marta) emlanish bosqichlarida yuqori darajada antitanachalar paydo qilinsa, shu antitanachalar mavjud davrida koronavirusdan himoyalangan boʻladilar.

    Vaksina qabul qilgan fuqarolar salomatligi mustahkam boʻlib, bemalol koʻchalarda niqoblarsiz yurishi mumkinmi?

    Yoʻq, emlanganlar 2 yoki 3 bosqichli emlashlarni olib tugatgunga qadar uyda ham uydan tashqarida ham boshqa infeksion kasalliklardan himoyalanishlari kerak. Niqoblarni taqib yurish bilan biz organizmga havo tomchi orqali tushishi mumkin boʻlgan boshqa infeksiyalardan ham himoyalanasiz, bu esa oʻz oʻrnida emlangan odamlarda koronavirusga qarshi immun tanachalar hosil boʻlishiga yordam beradi.