Oʻtkazilgan tezkor tadbirda tuman tibbiyot birlashmasi tibbiyot texnigi M.O. fuqaro D.Ye.ning ishonchiga kirib, uni 2 500 AQSH dollari evaziga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali mazkur tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qoʻyishini vaʼda qilgani aniqlandi.
Maʼlumotlarga koʻra, tibbiyot xodimi vaʼda qilingan ish evaziga oldindan 10 mln soʻmni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.









