Qoʻngʻirot tumanida zamonaviy aeroport quriladi

    Transport 12 Yanvar 2022 1957

    Qoʻngʻirot tumanida barcha qulayliklarga ega zamonaviy aeroport quriladi. Bu haqda Qoʻngʻirot tumani hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, Qoʻngʻirot tumani hokimining 2021-yil 13-dekabrdagi Qoʻngʻirot tumani hududida aeroport qurish uchun yer maydoni ajratib berish yuzasidan Qurilish vazirligi va boshqa masʼul idoralarga qilgan murojaati qanoatlantirildi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21-28-13-sonli qarori bilan tasdiqlandi.

    Qarorga muvofiq, Qoʻngʻirot tumanidan aeroport qurish uchun 256,0 gektar yer maydoni ajratildi.

    Qurilishi rejalashtirilgan aeroportda samolyotlar va yoʻlovchilar uchun barcha qulayliklar yaratiladi.

    Aeroport hududida uchish-qoʻnish yoʻlagi, dam olish xonasi, oshxona, savdo majmuasi va dam olish maskani quriladi.