Bugunga qadar Qonlikoʻl tumanida mazkur ishlarni amalga oshirish maqsadida viloyatdan 4 ta haydov traktori, 3 ta buldozer va 3 ta ekskovatordan iborat jami 10 ta yuqori unumli texnika olib borilgan. Ular yordamida 10 gektar yer maydoni oʻzlashtirilib, bogʻdorchilik tashkil etish uchun tayyorlanmoqda. Huddi shunday oʻzlashtirilishi rejlashtirilgan 120 gektar maydon shudgorlandi, 2.1 kilometr zovur va 2 kilometr sugʻorish tarmoqlari tozalandi.
Qayta oʻzlashtirilayotgan yer maydonning 10 gektarida “Sirdaryo bogʻi” barpo qilinadi.
Viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Yuqori Kengashi raisi Murat Kamalov bogʻning ramziy ilk koʻchatlarini oʻtqazishdi.
Sirdaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati