Muloqotda Spiker N. Isoilov O. Bushezni yurtimizga elchi etib tayinlangani bilan samimiy qutlab, mas'uliyatli va sharafli diplomatik missiyani amalga oshirishida muvaffaqiyatlar tiladi.
Fransiya elchisiga keyingi yillarda yurtimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning siyosiy irodasi va tashabbusi bilan barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, davlat boshqaruvida parlamentning roli kuchaytirilayotgani, iqtisodiy-ijtimoiy yo‘nalishlarda jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l urilayotgani haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Qonunchilik palatasi faoliyati, norma ijodkorligi, qo‘mita va siyosiy partiyalar fraksiyalari ish uslublari hamda parlamentarizm sohasidagi yangiliklar haqida so‘zlab berildi.
Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda parlament nazorati imkoniyatlaridan samarali foydalanish, parlamentlar qoshidagi ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish masalalariga e’tibor qaratishdi.
Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda O. Bushez samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston-Fransiya o‘rtasidagi aloqalar — parlamentlararo munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishda bor imkoniyatini ishga solishini aytib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.