Qonunchilikka fidutsiar majburiyatlar instituti kirib kelmoqda

    Deputatlar aksiadorlik jamiyatlarining ijro organi, kuzatuv kengashi hamda majoritar aksiyadorlarining masʼuliyatini oshirishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda qabul qildi.

    Qonun loyihasida jamiyat ishonchli boshqaruvchisining, kuzatuv kengashi aʼzolarining, jamiyat direktorining jamiyatga yetkazgan zarari uchun javobgarligini kuchaytirish nazarda tutilmoqda.

    Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Spikeri oʻrinbosari Rahimjon Hakimovning oʻz telegram kanalida yozishicha, qonunchilikka fidutsiar majburiyatlar instituti kirib kelmoqda.

    Fidutsiar majburiyatlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

    • vijdonan harakat qilish;
    • jamiyat mol-mulkidan jamiyatning ustavi va ichki hujjatlariga zid ravishda, shaxsiy manfaatlarini koʻzlab foydalanmaslik va boshqalarga bunday qilishga yoʻl qoʻymaslik;
    • jamiyatning asosiy faoliyati yoʻnalishlariga xos boʻlgan sohada tadbirkorlik faoliyatini boshqaruv organlari roziligisiz amalga oshirmaslik;
    • mulkiy manfaat evaziga qarorlar qabul qilmaslik.