баннер
3 Apr 2025
00:20

    Qonunlar normalarining aniq va bir xil qoʻllanilishi taʼminlanadi

    “Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ-1038-son, 25.02.2025-y.) qabul qilindi.

    Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga va “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunga Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining jinoyat ishlari boʻyicha tergovni yuritish borasidagi vakolatlari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

    Bundan tashqari Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi va Byudjet kodekslariga Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati organlarining vakolatlari Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining zimmasiga yuklatilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

    Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech