Adliya vazirligi tashabbusi bilan joriy yil 15-maydan 15-iyunga qadar “Qonunlarga yoʻl ham boʻysunadi” shiori ostida yoʻl harakati xavfsizligi huquqiy savodxonlik (!) oyligi boʻlib oʻtyapti.
Keling, birgina Fargʻona viloyati misolida yoʻl transport hodisalari haqidagi raqamlarga yuzlanaylikchi...
Joriy yil 4 oyi mobaynida Fargʻonada 357 ta yoʻl-transport hodisalari yuz berdi. Uning 60 tasi oʻlim bilan, 297 tasi esa jarohatlanish bilan yakunlandi.
Xususan, yoʻl-transport hodisalarining 129 tasi yoki 36,1 foizi mahalliy yoʻllarda sodir etilgan.
Shuningdek, viloyatda bolalar ishtirokidagi yoʻl transport hodisalari 23,9 foizga kamaygan bir vaqtda, vafot etganlar soni 20 foizga oshib ketdi.
Xullas, “oshib ketdi...”, “vafot etdi...”, “ogʻir tan jarohati oldi...”larni uzoq davom ettirish mumkin. Toʻliq tasavvur hosil boʻlishi uchun mana shu raqamlarni mamlakatimiz miqyosiga koʻpaytirsangiz kifoya.
Bizningcha, nima uchun ushbu oylik oʻtkazilayotganini toʻgʻri tushuntira oldik...
Elyor Eksanov.