баннер
23 Apr 2025
02:11

    Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi roli yanada mustahkamlanadi

    Qonun (OʻRQ-1054-son, 10.04.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

    Unga koʻra, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida“gi hamda “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida“gi qonunlarga qonun loyihasini parlamentga kiritishda qonun loyihasining va xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) oʻtkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalarini nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritilmoqda.

    Shuningdek qonun loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi va u boʻyicha oʻtkazilgan jamoatchilik muhokamasi natijalarini taqdim etish toʻgʻrisidagi talab belgilanmoqda.

    Bundan tashqari, qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga oʻzi kiritgan qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taklif kiritish orqali uni chaqirib olish huquqini berishning huquqiy asosi belgilanmoqda.

    Kiritilayotgan qoʻshimchalarga koʻra, qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran 5-yil oʻtgach, masʼul davlat organlarining va Oliy Majlis palatalari qoʻmitalarining tashabbusiga koʻra qonunning samaradorligini, unda belgilangan maqsadga va kutilayotgan natijalarga erishilganligini aniqlash uchun qonunning tartibga solish taʼsiri baholashdan oʻtkazilishi mumkin.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech