Qoʻqondagi “Tepaqoʻrgʻon” arxeologik yodgorligini turistlar uchun jozibador marshrutga aylantirishga 10 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.
Yangi oʻquv yilidan Qoʻqon universiteti turizm fakultetida Italiya, Fransiya va Shveysariya oʻquv dasturlari joriy qilinadi, xorijiy mutaxassislar olib kelinadi.
Dushanbadan boshlab yangilangan Qoʻqon aeroportidan Toshkentga har kuni, Samarqand, Buxoro va voha shaharlariga esa har hafta aviaqatnovni yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq berildi.