Bu haqda uning oʻzi telegramdagi sahifasi orqali maʼlum qildi.
Uchrashuvda taʼlim sohasidagi masalalar, jumladan, Qoʻqon pedagogika institutida sodir boʻlgan voqea hamda talaba qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan zoʻravonliklarning oldini olish choralari muhokama qilindi.
— Taʼlim tizimi har qanday zoʻravonlikka qarshi kurashni boshlashimiz kerak boʻlgan asosiy platformalardan biridir, deb yozadi muallif oʻz sahifasida.