Qoʻqon shahar hokimi ehtiyojmand fuqaroning uyida gʻisht terdi

    Ijtimoiy hayot 7 Aprel 2021 841

    Qoʻqon shahridagi Baxmalbop koʻchasida yashovchi Hasanjon Soliyevning oilasi ijtimoiy roʻyxatga kiritilib, xonadoni homiylar hisobidan qayta qurib berilmoqda.

    Qoʻqon shahar hokimi Maʼrufjon Usmonov mazkur oila holidan xabar olib, qurilish ishlarida ishtirok etdi.

    2021-yilning birinchi choragi davomida Qoʻqon shahrida 22 nafar ehtiyojmand fuqaroning uylari qayta qurib berildi. Bugungi kunda yana 30 nafar ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarning xonadonida qurilish ishlari ketmoqda.