Tadbirda fuqarolar I. va M.lar vaqtincha yashab kelayotgan xonadonida tegishli hujjatlari va aksiz markasi boʻlmagan 82 390 quti “Milano”, 9 960 quti “Mond”, 6 500 quti “Esse” nomli umumiy qiymati 707,2 mln soʻmlik tamaki mahsulotlarini oʻtkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.