Qoʻqon shahrida 250 million dollarlik investitsion shartnoma imzolandi

    Urbanizatsiya 24 Aprel 2021 1753

    Qoʻqon shahar hokimi Marufjon Usmonov Janubiy Koreyaning Hanshin Engineering & Construction Co., Ltd kompaniyasi bilan koʻpqavatli uylar qurilishi boʻyicha investitsion shartnomaga imzo chekdi.

    Ikki yil davom etgan muzokaralar natijasida imzolangan shartnoma Qoʻqon shahrida 6 yil davomida yangi koʻpqavatli uylar mavzesi va ijtimoiy obyektlar qurilishini nazarda tutadi. Qurilish ishlari joriy yilning oktyabr oyida boshlanadi.

    Shartnomani imzolanishida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekistonning Janubiy Koreya Respublikasidagi elchixonasi hamda Oʻzbekiston-Koreya biznes assotsiatsiyasining hissasi katta boʻldi.