U qaynisinglisi qamalib qolmasligini aytib, 8000 dollar pul olgan.

Bu haqda jabrlanuvchi E.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, chora koʻrishni soʻragan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi a bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.Q. sodir etgani aniqlangan.

Hozirda unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.