Qoʻqon shahrida yirik turar joy majmuasi qurilishi boshlandi

    Urbanizatsiya 28 Yanvar 2021 1476

    Qoʻqon shahrining Muqimiy mavzesi hududida 20 ta 9 qavatli 840 xonadondan iborat koʻp qavatli turar joy binolaridan iborat yirik majmuaning tamal toshi qoʻyildi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

    Keng jamoatchilik vakillari hamda nuroniylarning duolari bilan boshlangan mazkur majmua qurilish ishlariga mahalliy aholi bandligini taʼminlash maqsadida ishsiz yoshlarni jalb etish koʻzda tutilgan.

    Viloyat hokimi quruvchi mutaxassislar bilan muloqot chogʻida binolarning qurilish texnologiyasi va sifatiga asosiy eʼtibor qaratdi.

    Majmua Mustaqillik bayrami arafasida qurib bitkazilishi hamda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.