Mutaxassislar tomonidan olib borilgan oʻrganishlar natijasiga koʻra, chaqnash sodir boʻlgan xonadonda uy egasi gaz plitasidan foydalanish jarayonida nosoz va nostandart shlang ishlatgan. Aynan shu omil gaz sizib chiqishiga va oqibatda fojiali holatga sabab boʻlgani taʼkidlandi.

FVV axborotida aholiga yana bir muhim jihat — gaz aniqlovchi analizator qurilmasidan foydalanish zarurligi eslatildi. Qayd etilishicha, agar xona ichiga gaz sizib chiqsa, ushbu qurilma blokiratorga signal yuboradi. Natijada blokirator avtomatik tarzda tizimni toʻxtatib, gaz manbaini oʻchiradi.

Mutaxassislar bunday avtomatlashtirilgan tizimlar eng xavfsiz yechimlardan biri ekanini taʼkidlab, fuqarolarni gaz jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilishga chaqirdi.