Gap shundaki, olib borilgan tushuntirish va targʻibot ishlari natijasida bir kunning oʻzida, sayyor tartibda 252 nafar fuqaro tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Buning natijasida, fuqarolarni qonuniy ish bilan taʼminlanishiga, mahalliy byudjetga soliq tushumlarini oshishiga, shuningdek qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratilishiga zamin yaratildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, bu kabi sayyor xizmatlar Qoʻqon shahrining har bir bozorida hafta mobaynida davom etadi. Qoʻqon shahri misolida viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida bu kabi sayyor tartibda, joyiga borgan holda davom ettirilishi koʻzda tutilgan.

Elyor Eksanov,

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi
jamoatchilik bilan ishlash boʻyicha
yetakchi maslahatchisi.