Qo‘qonda mashina o‘g‘rilari paydo bo‘lgani rostmi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida mashina o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqida xabar va videolar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi maʼlumot berdi.

    Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Qo‘qon shahridagi "Chorsu" mahallasida dekabr oyi oxiridagi 4 kunlikda 3 ta mashina olib qochilgan.

    Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Qo‘qon shahar Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    "Holat to‘liq nazoratga olingan. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot beriladi", deyiladi xabarda.