Qoʻqondagi mexanika zavodining 11 gektarida kimyo texnoparki tashkil qilinadi

    Qoʻqon superfosfat zavodi oʻrnida tashkil qilingan “Indorama Qoʻqon” korxonasi mineral oʻgʻit ishlab chiqarishni boshladi.

    Singapurlik hamkorlar “Fargʻona azot”ni modernizatsiya qilishga ham 250 million dollar investitsiya kiritib, mahsulot hajmini yana 850 ming tonnaga oshirish boʻyicha ishlarni boshlab yuborgan.

    Endilikda Qoʻqon va Fargʻonadagi ushbu zavodlar yagona kimyo klasteri boʻladi. Ularda suyuq oʻgʻitlar, natriy nitrati, magniy xlor kabi hozirda import boʻlayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

    Shuningdek, Qoʻqondagi mexanika zavodining 11 gektarida kimyo texnoparkini tashkil qilish va joriy yilni oʻzida 100 million dollarlik loyihalarni boshlash rejalashtirilgan.