Qayd etilishicha, shu yilning 16-may kuni soat 20:30 da Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida joylashgan korxonalarning biriga temir yo‘l orqali olib kelingan ammiak kislotasi poyezd sisternasidan maxsus sisternaga bo‘shatilayotgan vaqtda kam miqdorda to‘kilishi kuzatilgan.
Hodisa joyiga tegishli xizmatlar kuch va vositalari jalb etilib, vaziyat oqibatlari bartaraf etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 7 nafar fuqaro shifoxonaga murojaat qilgan. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ahvollari yaxshi bo‘lganligi bois uyiga ruxsat berilgan.