Tadbir doirasida Qoʻmita rahbariyatiga Qirgʻiziston Respublikasi tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri D. Kutmanovaning Qor qoploni va uning ekotizimlarini muhofaza qilish Global dasturi (GSLEP) boshqaruv qoʻmitasining yettinchi yigʻilishida ishtirok etish uchun taklifi taqdim etildi.
Uchrashuv davomida Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston atrof-muhit idoralari oʻrtasida Gʻarbiy Tyan-Shan va Pomir-Oloyda qor qoploni, ozuqa bazasi va yashash muhitini muhofaza qilish boʻyicha anglashuv memorandumini amalga oshirish chora-tadbirlari xususida soʻz yuritildi.
Uchrashuv davomida Davlat ekologiya qoʻmitasi va Global qor qoploni va ekotizimlarini muhofaza qilish Dasturi (GSLEP) oʻrtasida qor qoplonini muhofaza qilishga qaratilgan qoʻshma kelishuvlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga ishonch bildirildi, deb xabar beradi Davlat ekologiya qoʻmitasi Matbuot xizmati.